KONDENSATLANISH REAKTSIYALARI
KONDENSATLANISH REAKTSIYALARI — ikki yoki bir nechta oddiy mod — dalardan murakkab birikmalar hosil bo’lishini tavsiflaydigan ko’p sonli reaktsiyalar guruhining organik kimyoda nomlanishi. Bunda yangi uglerod-uglerod (S—S) bog’lari hosil bo’ladi. K.r.da, ko’pincha, suv, vodorod, spirt, galogenvo- dorod va galogenlar ajraladi. Bu xil- dagi K.r.ga kroton kondensatlanish, benzoin kondensatlanish, aldol kon- densatlanish, dien sintezi va b. misol bo’la oladi. Bundan tashqari, geterosi- klik birikmalar hosil bo’ladigan bar- cha reaktsiyalar ham organik kimyoda K.r. deb ataladi. Bu reaktsiyalar jarayonida uglerod — uglerod, uglerod — geteroa- tom, geteroatom — geteroatom kabi yangi bog’lar hosil bo’lishi mumkin. Odatda, eterifikasiya, qayta eterifikasiya, kis- lorod yoki azot va b. bo’yicha alkillash, asillash reaktsiyalari K.r.ga kirmaydi. Lekin bu sxemalarda polimerlar hosil bo’lishi polikondensatlanish reaktsiyala- ri deyiladi. K.r. sanoatda, lab.da keng qo’llaniladi. Plastmassalar, loklar, sun’iy tola va b. tayyorlashda ishlatila- digan ko’pgina sintez smolalar (mas, ka- pron) K.r. b-n olinadi.