KO’NGIL AYNISHI
KO’NGIL AYNISHI — to’sh osti sohasida sodir bo’ladigan o’ziga xos noxushlik hissi; ko’pincha qusishdan avval ro’y beradi. Ovqatdan zaharlanganda, qorin bo’shlig’i a’zolari kasalliklarida, homiladorlikning boshlang’ich davrida, Markaziy nerv sistemasi kasalliklari va shikastlanishlarida, o’tkir yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Ko’ngil aynishi appenditsit, xolesistit kabi kasalliklarning dastlabki belgisi bo’lishi, shuningdek, surunkali kasalliklar og’irlashganda va moddalar almashinuvi bo’zilganda (masalan, uremiyat va qandli diabetning zo’rayish davrida), ba’zan qattiq hayajonlanganda, biror narsadan qattiq ranjiganda, kuyinganda kuzatiladi. Ko’ngil aynishi bezovta qilaversa, uning sababini aniqlash va tegishli davo olish uchun vrachga murojaat qilish lozim.