Kongress kutubxonasi
Kongress kutubxonasi (The Library of congress), AQSh Milliy ku- tubxonasi — jahondagi eng yirik ku- tubxonalardan biri. 1800 y.da AQSh Kongressi tomonidan Prezident T. Jef- fersonning kutubxonasi negizida bunyod etilgan. Jahonning 450 dan ortiq til- laridagi 90 mln.dan ziyod bosma nusxa saqlanadi (2002). Asosan, hokimiyat organlari, tadqiqot muassasalari, il- miy xodimlar, xususiy firmalar va sa- noat kompaniyalariga, shuningdek, keng jamoatchilikka xizmat ko’rsatadi. K.k. universal fondi kuniga 31 ming bosma birlik b-n to’ldiriladi; jahon bo’yicha eng katta xaritalar (3 mln.dan ortiq), 3,5 mln.dan ortiq musiqa — nota adabi- yoTlari, 30 mln.dan ziyod qo’lyozma materi- allar, katta mikdordagi kinofilmlar, mikrofilmlar fondiga ega. AQSh Pre- zidentlari yiqqan kitob to’plamlari 5,5 mingdan ortiq, Xitoy va yapon Adabiyotla- ri, noyob Amerika nashrlari saqlanadi. K.k. 1500 mingdan ziyod kitobxonga 20 dan ortiq qiroatxonalari orqali xizmat ko’rsatadi. 20-a. boshidan boshlab Ameri- kadagi 117000 ga yaqin boshqa kutubxona- larni kataloglar b-n ta’minlaydi. O’tgan asr oxirlarida optik dis- klar va b. yangi texnologiya vositalari yordamida «Amerika xotirasi» turku- mi yaratila boshlandi, uning yordamida mahalliy kutubxonalar fondlari qad., nashr qilinmagan musiqa, tasviriy, dra- matik asarlar, Amerika tarixiga oid ka- myob materiallar b-n to’ldiriladi. 21-a.da K.k. fondi dunyo ilm ahliga (Internet yordamida) ochiq holga keltiri- ladi.