Konigil

Konigil — 1) Samarqandning Jan.-sharqida, Cho’ponota tepaligi etagi- dagi gil koni. Bu erdan milodning boshi- dan gil, oq qum, sog’tuproq, qizil kesak, sariq tuproq va kulolchilikda ishlati- ladigan bo’lak tuproqlar qazib olingan. K.dan olingan gil Afrosiyob kulolligiaa keng ishlatilgan. Shu bois K. Samarqand hokimlari tomonidan qo’riqlangan. K.dan hozir ham gil olinadi; 2) shu kon yaqinida, Siyob (Obirahmat) arig’i bo’yida joylashgan, ko’plab tarixiy voqealar shohidi bo’lgan keng, ko’kalamzor mavze. Samarqand hukmdorlari K.ni qo’riqxona deb e’lon qilib, har yili yozda u erda 1— 2 oy dam olishgan. Bu vaktda K.da ko’plab shohona shiypon, choyxona, oshxo- na, chodirlar o’rnatilgan, dam oluvchilar ko’nglini yozish uchun ko’zboyloqchilar, qiziqchilar, dorbozlar turli o’yinlar ko’rsatgan. Shuningdek, bu erda turli om- maviy sayil va tantanalar ham o’tkazib turilgan. Juvayniyning yozishicha, 1255 y. ku- zida Mas’ud Yalavoch K.da Hulokunch ziyofat qilgan. 1366 y. Amir Temur va Husayn ibn Musallab (Amir Husayn) o’z qo’shini b-n K.ni qarorgoh tutganda sarbadorlar anvoi tuhfalar b-n ular- ning huzuriga keladi. Shunda Amir Husaynning buyrug’i b-n Mavlonozoda- dan bo’lak barcha sarbadorlar o’sha erda qatl etiladi. Amir Temur Movarounnahr taxtiga o’tirgach, Samarqand va uning atrofini obod qilishga kirishadi. Chu- nonchi, u K.da nakshi Jahon deb ata- luvchi bog’barpo etadi (k. Amir Temur bog’lari) Amir Temur o’zining so’nggi zafarli yurishidan qaytgach, 1404 y. 6 sent.da 6 nabirasi — Ulug’bek, Ibrohim Sulton, Iyjal, Ahmad, Saydi Ahmad va Boyqarolarning nikoh to’ylari mu- nosabati b-n K.da g’oyatda katta tanta- na uyushtirgan. Unda qo’shin amirlari, Bahodir jangchilar, tabrik uchun kelgan 7 iqlim sultonlari va ularning elchi- lari hamda olimu fuzalolar, minglab fuqaro ishtirok etgan. Bularni joy- lashtirish uchun ko’plab ko’shku ayvonlar qurilgan, chodirlar o’rnatilgan, palosu gilamlar yozilgan, dasturxonga anvoi noz-ne’matlar tortilgan. Olamning har tarafidan tashrif buyurgan, tillari va liboslari turlicha sozanda va xonanda- lar o’z san’atlarini namoyish etgan. Tan- tana qatnashchilariga shoxrna tortiqlar ulashilgach, barcha chet el hukmdorlari Amir Temurga sadoqat izhor etib, unga halol xizmat qilajaqlarini bildir- gan. 1411 y. Shohrux o’zining va o’g’li Ulug’bekning hokimiyatini tan olmay isyon ko’targan Amir Shayx Nuriddinni jazolash uchun Hirotdan Samarqand to- mon qo’shin tortib kelib, K.da to’xtaydi. Shundan 6 kun o’tgach, isyonkor Shayx Nuriddinning boshi kesilib, uning K.dagi qarorgohiga keltiriladi. Tari- xiy ma’lumotlarga ko’ra, Ulug’bek kichik o’g’li Abdulazizning xatna to’yini K.da o’tkazib, xalqqa ziyofat bergan. 1461 y. Abulxayrxon Movarounnahrni qo’lga kirytish maqsadida Dashti Qipchoqdan yo’lga chiqib, K.da to’xtaydi. Shunda Samarqand ulug’lari tuhfalar b-n tez- likda. uning huzuriga etib kelishadi. Abulxayrxon Xoja Ahror Valiyning kuyovlari bo’lmish Xoja Abdulavvalga murid bo’ladi. So’ng, u Ulug’bekning qizi — Robiya Sulton begimni o’z nikohiga olib, Samarqandni Abu Said tasarrufi- ga topshirgancha Dashti Qipchokqa qaytib ketadi. 1509 y. Shayboniyxon o’zining qozoq xoni Qosimxonta qarshi zafarli yurishidan qaytayotib, K.da to’xtaydi va turli viloyat hokimlari uchun tantanali qabul marosimi uyushtiradi. 1511 y. Bo- bur Samarqandni qamal qilganda uning qarorgohi K.da bo’lgan. «Boburnoma»tsa aytilishicha, Bobur K.da bo’lgan vaqtda mazkur naqshi Jahon bog’idan nom- nishon qolmagan ekan. Uning ta’kid- lashicha, dunyodagi eng yaxshi qog’oz — Samarqand qog’ozini tayyorlashda ish- latiladigan tegirmonlarning barchasi 1S.dan oqib keluvchi suvlar yordamida aylantirilgan. ^y.:Nizomiddin Sh o m i y , Zafar- noma, T., 1996; Amir Temur jahon ta- rixida, Parij, 1996; Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1997; Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literature Sredney Azii XVI-XV1II vv., T., 1985; Materiali po istorii kazaxskix xanstv XV— XVIII vekov, Alma-ata, 1969.