KONSEDIMENTASION BURMALANISH

KONSEDIMENTASION BURMALANISH (lot. con — birga, bir vaqtda va sedimentum — cho’kish) — cho’kindi jinslarning hosil bo’lish va to’planish jarayonlari b-n birgalikda kechadigan tektonik harakat. K. b. terminini geol. ga birinchi marta rossiyalik geolog S. S. Shuls kiritgan (1948). K.b.da cho’kindi jinslarning katlamlanish qalinligi ko’p yoki oz tarqalganligi ularning bur- malanishiga bog’liq. Cho’kindi jinsla- rining paydo bo’lishidan keyin sodir bo’ladigan burmalanish postsedimen — tasion burmalanish deb ataladi. Odat- da, antiklinal burma yadrosida kanot- laridagiga nisbatan bir xil yoshdagi yotqiziqlar qalinligining ko’rinishi va ko’pincha litologik tarkibining o’zgachaligi b-n ifodalangan. Uzlukli burmalanish obl.larda keng rivojlan- gan. Cho’kindi jinslarni o’rganishda K.b.ning ahamiyati katta.