Konserva

Konserva (lot. conservare — saqlamoq) — hayvon yoki o’simlik mahsulotlaridan maxsus ishlov berilib, uzoq muddat saqlash uchun tayyorlanadi- gan oziq-ovqat mahsulotlari. Jahonda K.ning 1000 dan ortiq xili ishlab chiqariladi. K. go’sht, go’sht-o’simlik, sut, baliq, sabzavot, meva va b.dan tayyorlana- Di. Konservalash oziq-ovqat mahsulotlar to’yimliligini saqlashga yordam beradi. Ko’pincha, ortiqcha qismlari (qobig’i, urug’i, suyagi, tomiri va h.k.) olib tashla- nishi, moy va shakar qo’shilish hisobiga mahsulotlarning to’yimliligi osha- Di. Konservalangan mahsulotlarning vitamini qisman (5— 7%) kamayadi. K. buzilib qolmasligi uchun salqin va quruq joyda saqlanishi lozim. K.tayyorlanadigan apparatlarning ko’pi avtomatlashtirilgan. Aholini yil bo’yi sabzavot va mevalar b-n ta’minlashda, turistik sayohatlarda K.ning ahamiyati katta (yana q. Konserva sanoati).