Kontakt minerallari

Kontakt minerallari – ikki xil tog’jinsining tutashgan (kontakt) zonasida hosil bo’lgan minerallar. Ular er yuzasidan ma’lum chuqurlikda kat- ta bosim va haroratda sovib qotayotgan magma b-n atrofidagi cho’kindi tog’jin- Slarining o’zaro reaktsiyaga kirishishi- dan (mas, biotit, amfibollar, andalu- zit, kordierit, kvars, kaltsit, marmar va b.) va magma qotgandan so’ng ajralib chiqadigan yuqori t-rali bug’va gaz aralash suyuqliklardan ohaktosh b-n granitoid- lar tutashgan joyda (mas, vollastonit, piroksen, granat, epidot, vezuvian, ska- polit, amfibollar, flogopit, serpentin va b.) hosil bo’ladi. K.m. O’zbekistonning Nurota (Qo’ytosh, L angar, Oqchob, Qo’shrabot), Zirabuloq (Ingichka, Chan- Galli, Qarg’ali, Tim va b.), Qoratepa (Og’aliq, Sazag’on, Jom, Hasantepa, Qoratepa va b.), Chatqol (Kumushkon, Sure- nota, Chimyon, Ustarasoy, Ixnach, Miskon va b.), Ko’rama (Qo’rg’oshinkon, Noqpoy, Qatrang’i), Bo’kantov (Saritov, Soutboy), Hisor (Yaxton) tog’larida ko’p.