Konvektsiya
Konvektsiya (lot. convectio — kel- tirish, eltib berish) — 1) suyuqlik, gaz va sochiluvchan muhitlarda shu muhitdagi modda oqimi orqali issiqlikning ko’chishi. Tabiiy (erkin) va majburiy xillari mavjud. Tabiiy K. og’irlik kuchi maydonidagi oquvchi yoki sochiluv- Chan moddalar notekis qizdirilganda vujudga keladi. Kuchliroq qizdirilgan moddaning zichligi kamroq bo’ladi va Arximed kuchi g’l = Dr — V ta’sirida kamroq qizdirilgan moddaga nisbatan ko’chadi, bu erda Dr — qizdirilgan modda va atrof muhit zichliklari farqi, V — qizdirilgan modda hajmi. K. yo’nalishi og’irlik kuchi yo’nalishiga teskari bo’ladi. K. modda t-rasini tenglash- tirishga olib keladi. Majburiy K.da modda ko’chishi, asosan, biror qurilma (nasos, aralashtirgich va b.) ta’sirida sodir bo’ladi. Bu erda issiqlik ko’chishi jadalligi faqat yuqorida aytilgan omillarga emas, balki moddaning maj- Buriy harakati tezligiga ham bog’liq; 2) atmosfera qatlamida havo almashinishi. K. tufayli momoqaldiroq ro’y berishi, sel, do’l yog’ishi mumkin. Ba’zan, Atmosfe- ra fronti (oqimi) bo’lib, issiq va sovuq havo qatlami ko’chadi, pastdan yuqoriga issiq havo ko’tariladi va har 100 m ba- landlikka ko’tarilganda 1° soviydi, Le- kin kondensatlanish, inversiya tufayli havo juda baland ko’tarilishi mumkin emas. Termik K. yoz kunlari quruqlikda, qish kunlari esa dengiz sirtida hosil bo’ladi; 3) zaryadlangan jism b-n bir- ga zaryad ko’chishi. Atmosferada havo massasi yoki bu-lutlar elektr zaryadini ko’chiradi, bunda hosil bo’lgan tok K. toki deyiladi; 4) ko’l, dengiz yoki okean- larda suvning vertikal harakati. Bunday K. suv t-rasi yoki sho’rligining o’zgarishi suv zichligining o’zgarishiga olib kela- Di. K. tufayli suvning fizik va kimyoviy tafsilotlari muvozanatlashib turadi, suvning pastki katlamlarida, shuning- dek, qish oylarida okeanlar sohillarida ob-havo issiqroq bo’ladi.