KO’PBURCHAK

KO’PBURCHAK — uchtadan kam bo’lmagan chekli sondagi kesmalardan iborat yopiq siniq chiziq; bunda chiziqning ketma-ket keluvchi har uchta uchi bir to’g’ri chiziqda yotmasligi shart. Bir tekislikda yotuvchi Ko’pburchakning tashkil qiluvchi kesmalari uning tomonlari deyiladi. Ko’pburchak tomonlari kesishmasa, u sodda Ko’pburchak deyiladi. Har qanday sodda Ko’pburchak tekislikni ikki sohaga ajratadi. Ko’pburchakning umumiy uchga ega bo’lgan tomonlari qo’shni tomonlar deyiladi. Sodda Ko’pburchak uchidan chiquvchi va ikkita qo’shni tomonlarni o’z ichiga oluvchi nurlar hosil qilgan burchak ichki soha bilan kesishsa, unga Ko’pburchak burchagi deb ataladi. Sodda p ta burchakli Ko’pburchak burchaklari yig’indisi 180° (l—2) ga teng bo’ladi. Agar Ko’pburchak uning ixtiyoriy bitta tomonini o’z ichiga oluvchi to’g’ri chiziqning bir tomonida yotsa, u qanariq Ko’pburchak deyiladi. Sodda Ko’pburchakning hamma burchaklari o’zaro kongruent va hamma tomonlari uzunliklari teng bo’lsa, u muntazam Ko’pburchak deyiladi. Har qanday muntazam Ko’pburchak uchun ichki va tashqi chizilgan aylanalari mavjud bo’ladi.