KO’PYOQLI BURCHAK

KO’PYOQLI BURCHAK — yo’naltiruvchisi bir tekislikda yotuvchi sodda ko’pburchakdan iborat bo’lgan ko’p yoqli konus ning bir pallasi bilan chegaralangan fazo qismi (ikki yokli burchak boshqacha aniqlanadi). Fazoda birorta tekislikda sodda ko’pburchak va ko’pburchak tekisligiga tegishli bo’lmagan S nuqta berilgan bo’lsin. S nuqta va ko’pburchakning birorta M nuqtasi ko’pburchak bo’yicha harakatlanib, uni to’la bir marta aylanib, yana M nuqtaning boshlang’ich holatiga qaytsa, SM nurlar tashkil etgan sirt bilan chegaralangan fazo qismi Ko’pyoqli burchakni tashkil etadi. S nuqta Ko’pyoqli burchakning uchi deyiladi. Agar Ko’pyoqli burchakning hamma chiziqli burchaklari va hamma ikki yoqli burchaklari ham o’zaro teng bo’lsa, u muntazam Ko’pyoqli burchak deyiladi.