Ko’rish analizatori
Ko’rish analizatori — odam va hayvonlarda ko’rish ta’sirotlari va ax- bortlarni qabul qilib, idrok etadigan va taqlil qilib beradigan murakkab ney- roroseptor sistema; asosiy analizator- lardgt biri. K.a. 3 qismdan iborat: re- tseptor yoki periferik, o’tkazuvchi yo’llar va ko’rish markazi yoki Markaziy qism. K.a.ning birinchi qismi to’r pardada joylashgan. Inson ko’zi 380 dan 760 nm gacha bo’lgan uzunlikdagi yorug’lik nur- larini qabul qiladi. Ko’zga to’shayotgan yorug’lik nurlari shox pardada si-Vadi, qorachiq orqali o’tib, gavharda si- nib, shishasimon tanadan o’tib to’r pardada joylashgan kolbachasimon va tayoqchasimon hujayralarga ta’sir eta- Di. Bu hujayralarda yorug’lik energiyasi nerv qo’zg’alishi — impulsga aylanib, multipolyar va ganglioz hujayralarga, nerv tolalariga etib boradi. O’tkazuvchi yo’llar esa to’r pardadan boshlanib, ko’rish nervi, xiazma, ko’rish trakti va bosh miya po’stloq osti markazidan ibo- rat. U erdan Markaziy neyron boshla- nib, ko’rish yo’llari bosh miyaning ensa bo’lagidagi po’stloq qismi — K.a.ning markaziga etib boradi va shu joyda ko’rish sodir bo’ladi. K.a.ning faoliyati Markaziy nerv sistemasining nazorati ostida boshqariladi.