KO’RISH NERVI
KO’RISH NERVI (nervus opticus) -bosh miya nervlarining 2-jufti. Ko’z to’r pardasining yorug’lik sezuvchi hujayralari qabul qilgan ta’sirotlar, Ko’rish nervi orqali bosh miyaga o’tadi. Ko’rish nervi to’r pardaning ganglioz hujayralari tolalaridan boshlanib, ko’z kosasidagi maxsus tyoshikdan kalla bo’shlig’iga kiradi. Ko’z ichidagi qismi — Ko’rish nervi so’rg’ichi yoki diski — ko’z soqqasi orqa tubining sal ichkarisida joylashgan. Ponasimon suyakning turk egari ustida bir ko’zning Ko’rish nervi ikkinchi ko’zning Ko’rish nervi bilan qisman kesishadi (ko’rish chorrahasini hosil qiladi) va shundan keyin ko’rish yo’llariga aylanib, bosh miyaning po’stloq ostidagi ko’rish do’mbog’iga boradi, bu yerdan ta’sirotlar maxsus tolalardan bosh miya po’stlog’i ensa qismining ichki sathidagi ko’rish markaziga boradi. Shunda ko’z ko’radi.