Korund

Korund (nem. korund; qadimgi hindchadan) — oksidlar kichik sinfi- ga mansub mineral. Kimyoviy formula- si A12O3, qo’shimchalari Cr, Fe, TI va b. Kristallari trigonal singoniyali ustunsimon, kam hollarda dipiramidal. Rangsiz, tarkibida temir, mis, marga- nes, titan va sh.k. elementlarning borli- giga qarab turli rangda bo’ladi. Olmos- Simon yaltiroq. Qattiqligi 9. Zichligi 4000 kg/m3. K.ning (60-70%) magnetit, gematit shpinel b-n aralashmasi «na- jdak» deb ataladi (Naksos o., Gresiya). Metamorfik, metasomatik jarayonlarda hosil bo’ladi. Kanada, JAR, Qozog’iston (Semiz-bug’), Xibin va Ilmen tog’lari (RF) va O’zbekistonning Oqtosh, mol- guzar, Tomdi tog’larida K. konlari bor. K.ning faqat sochmalardan olinadigan shaffof va chiroyli ranglilari (sap- fir — ko’k rangli, yoqut — qizil rangli) qimmatbaho tosh sifatida zargarlikda ishlatiladi, unchalik toza bo’lmaganlari abraziv material. Texnik va zargarlik maqsadlarida ishlatish uchun sanoat miqyosida sun’iy K. olinadi. Cr2+, Fe3+ qo’shib olingan sun’iy K. kvant elektro- nikasi, soatsozlik, zargarlik sanoati va b.da ishlatiladi. Qo’shimchalarsiz olin- gan sun’iy K. radioelektronika sanoa- tida qo’llaniladi. Sun’iy K. tozaligi va yirikligi b-n tabiiy K.dan aniq, ajra- lib turadi.