Kozlovskiy Aleksey Fyodorovich

Kozlovskiy Aleksey Fyodorovich (1905.15.10, Kiev — 1977.3.1, tosh- kent) — kompozitor, dirijyor, pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1944), O’zbekiston xalq artisti (1955), prof. (1958). Moskva konservato- riyasini tugatgan (1931). 1936 y.dan tosh- kentda yashagan. O’zbek davlat musiqali (keyinchalik O’zbek opera va balet) teatri dirijyori (1938-41), O’zbek davlat filar- moniyasi simfonik orkestrining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1949—I 63). 1944 y.dan Toshkent konservatoriyasida o’qituvchi, kafedra mudiri (1949-54 va 1962-77). H.Nosirova ijrosida xalq, ashulalaridan «fig’on», «gul yuz o’zra», «O’zgancha» va «Tanavor»ni yozib olib, ularni ayni shu xonanda ovozi va sim- fonik orkestr uchun nihoyatda yuqori badiiy saviyada qayta ishlagan (1937). «Ulug’bek» operasi (1942, yangi tahriri — 1958), «Tanavor» baleti (1971), «dav- Ron ota» (T.Sodiqov b-n, 1941), «Shera- li» (S.Vasilenko, M.Ashrafiy b-n, 1942) musiqali dramalari, «Lola» simfonik syuitasi (1937), vokal-simfonik, kamer- cholg’u asarlar, o’zbek xalq cholg’ulari uchun asarlar, qator spektakllarga, «Tohir va Zuhra» (1945), «Nasriddinning sar- guzashtlari» (1946) badiiy filmla- riga musiqalar yozgan. Kompozitorlik mahorati o’zbek kuylarini teran badiiy ifoda vositalari b-n uyg’unlashtirishda, etuk opera, balet, simfonik asarlarida Evropa va Sharq musiqa xususiyatlarini uzviy bog’lashida namoyon bo’lgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). Ad.: V i z go T., Aleksey Kozlovskiy, M., 1966.