Kuchar davlati

Kuchar davlati, Kusan davla- ti (Guyzi Guo) — markazi Kuchar vilo- yati (Sharqiy Turkiston) bo’lgan qad. xonlik (mil.AV. 2-a.—mil. 8-a.). Uning hukmdori ayrim holdarda «xoqon» deb ham atalgan. K.D. ilk bor mil. AV. 2-a.da yozilgan Xitoy bitiklarida Jyuzi, Chyuy- Ji, Guyzi, Jyuyyi kabi nomlar (hammasi «Kusan» atamasining trans-kripsiyasi) b-n tilga olingan. Ana shu ma’lumot- larga ko’ra, ayni zamonda K.D. katta va kuchli davlat bo’lib, uning aholisi 6970 oila yoki 81317 kishidan, qo’shini 21076 lashkardan iborat bo’lgan. K.D. hududida ro’ng, sak, yuechji, uso’ng kabi qad.xalqlar yashagan. Davlat markazi Kuchar (kucha) sh. bo’lib, u o’z. 3,5 km ga yaqin bo’lgan baland va qalin devor b-n o’ralgan. Keyingi man- balarga ko’ra, K.D.ning poytaxti Yan-Cheng (Yan sh. demakdir) bo’lgan. Xitoy sayyo) utarining ta’riflashicha, xon saroyi nihoyatda go’zal bo’lib, xon sher shaklida yasalgan oltin taxtda o’tirgan. Hun imperiyasi kuchaygan paytda, K.D. unga itoat qilgan. «G’arbiy Xan» («Shi Xan») deb nomlangan xitoylar davla- ti yuksalib Danan (Farg’ona)ga harbiy yurish qilganda K.D. ham urushga tortilib qisqa muddat davomida Xitoy ta’siriga o’tib qolgan. Turk xokonligi davrida K.D. unga tobe bo’lgan. Mazkur xoqonlik ikkiga bo’linib ketgandan so’ng (7-a. oxiri) u G’arbiy Turk xokonligi itoati- da bo’lgan. K.D.ning uzoq davr davomida mavjud bo’lib turishi uning 1000 y.dan ortiq davr ichida budda dini markazlari- dan biri sifatida namoyon bo’lganligi va bu erda yirik din arboblari istiqomat qilganligi b-n ham bog’liqdir. Xitoy manbalarida uchraydigan eng qad. ma’lumotlarda yozilishicha, K.D.da paxtadan mato va jundan gilam to’qish, hayvon terilariga ishlov berish, ayollar uchun zarur bo’ladigan turli xushbo’y hidli upa va surmalar i.ch. hunarmandchiligi yuksak darajada rivojlangan va katta hajmda chetga chiqarilgan. K.D.da zotli otlar va tovuslarni boqib ko’paytirish ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular chetga chiqarilgan mollar ichida muhim ahamiyat kasb etgan. Uzumdan musallas tayyorlash keng tar- qalgan. K.D.ning o’ziga xos yozuvi bo’lgan. Ammo liniy e’tiqod va savdo ishlarida hind yozuvlari ham keng qo’llanilgan. K.D.da musiqa san’ati ham yuksak da- rajada rivojlangan bo’lib, u Xitoyga katta ta’sir ko’rsatgan. Shu tufayli Xi- toyda «Guyzile» («Kusan musiqasi») ata- masi paydo bo’lgan. Kusan musiqa-sining Xitoyda keng tarqalgan vaqti milodning dastlabki asrlariga, ya’ni Kusanda budda dini rivojlangan vaqtga to’g’ri keladi. Ayni zamonda K.D.da mingdan ortiq bud- dizm ibodatxonalari mavjud bo’lgan. Kusanning iqlimi iliq, erdari ser- suv bo’lganligi tufayli uning aholisi dehqonchilik va chorvachilik b-n keng shug’ullangan. K.D. mil.AV. 2 — mi- lodning boshlarida yuksak darajada iqtisodiy va madaniy rivojlangan. Shu zamonlarga oid oltin, mis, temir, qalay va qo’rg’oshin konlari topilganligi bun- ga isbot bo’la oladi. Abdulahad Xo’jaev.