KUMIJIYLAR

KUMIJIYLAR — O’rta Osiyoda- gi qad. tog’li viloyat — Kumed aholisi. Ptolemeynnt yozishicha, mil. AV. 1-a.da Baqtra sh.dan boshlangan karvon yo’li shim.da «Komedlar tog’li o’lkasi»da Sug’diyonaga boradigan boshqa yo’l b-n kesishgan. Syuan Szanta ko’ra, Kyumi- to yoxud Kyumichje tog’li viloyati g’ar-Bda — Xuttalon, Jan.da — Shug’non, Jan.- g’arbda — Panj daryosi b-n chega-Ralan- gan. 7-a.ning 1-yarmida Kumed Xuttalon tarkibida bo’lib, ma’muriy markazi Vashgird sh. bo’lgan. Kumed viloyatida urta asrlarda K. qabilasi yashagan. Ular Jasur va jangovar bo’lib, chorvachilik va talonchilik b-n shug’ullangan. K.ning ko’plab er-mulklari, qishloqlari bor edi (shaharlari bo’lmagan). Ular Sag’oniyon va Xuttalon hukmdorlariga tobe bo’lib, ularga harbiy yordam berib turishgan. 11-a.da qoraxoniylarlan Bo’ritegin g’aznaviylarga qarashli Xuttalon va Vax- shni K. yordamida bosib olishgan. Birok, 1038 y. bu viloyatlarni qaytarib berish- ga va K. mamlakatiga qaytishga majbur bo’lgan. Kumed hududi tarixning turli bosqichlarida o’zgarib turgan. Antik davrda «Komedlar mamlakati»ga qad. karvon yo’li bo’ylab cho’zilgan tog’li VI- loyatning barcha eri kirgan. Denov yoki Xolchayondan boshlangan yo’l Pomirning tepasidagi olay tekisligigacha borgan. «Kumedlar» yoki «Kumijiylar» degan- da o’sha davrda bu hududda, shuningdek, G’arbiy Pomir yon bag’irlarida yashagan barcha ko’chmanchilar tushunilgan. Kushon- lar davrida ular o’z erdarida yashab, shim. dan kelgan yuechji qabilalari b-n qisman aralashib ketishgan. Ilk urta asrlarda Kumed xududi birmuncha cheklangan bo’lib tarkibiga Qorategin, Sag’oniyon va Xut- talonning shim.da joylashgan tog’li VI- loyatni, shuningdek, Darvoz va ehtimol Rushonni qamrab olgan. K. 5-6-a.larda shim.dan kelgan yangi ko’chmanchilar, dast- lab xioniylar, so’ngra eftaliylar va turkiylar tomonidan siqib chiqarilgan. Keyinchalik turkiy qavmlar mahalliy K. b-n aralashib ketgan. «Tanshu» dagi ma’lumotga ko’ra, 719 y. Kumedning tur- Kiylarning yanto qabilasidan bo’lgan hokimi Valoyan Xitoy imperatoriga noma yo’llab, unda arablardan shikoyat qilgan, arablar uning mulkini talon- toroj qilib, xalqi boshiga katta o’lpon solganini yozgan. 7-a.da Xitoyda «ku- medlik erkin (sayyor) musiqachilar» xalq orasida mashhur bo’lgan. 10-a.da Somoniy- lar davrida K. ning ayrim qabilalari Islomni qabul qilib ilgarigi yashash joylari — Surxondaryo va Kofarnihon daryolarining yuqori oqimidagi tog’lar va vodiylariga kelib o’rvashganlar, biroq Sag’oniyon va Xuttalon hokimlari qo’l ostida bo’lishgan. 17-a.da Xuttalonning katta qismi va Vashgird atroflarida qirg’iz qabilalari yashagan, ular keyinchalik sharqqa ko’chgan. Garm viloyati, ya’ni Qorateginda hozir tojiklar yashashadi, 17-a.da u erda olay qirg’izlari istiqomat qilgan, bunga mahalliy joy nomlari va xalq rivo- yatlari guvohlik beradi. Bu hoz. Po- mirdagi olay platosida yashayotgan olay qirg’izlari qad. K.ning avlodi ekanligi- dan dalolat beradi. Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoriche- skaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxari- Stana po araboyazichnim istochnikam IX— vachala XIII vv., T., 1996. Shamsiddin Kamoliddinov.