Kunjara
Kunjara — moyli ekinlar (g’o’za, kungaboqar, makkajo’xori, soya, vasha, zig’ir, kunjut va b.) urug’laridan moy ajratilganidan keyin olinadigan qo’shimcha mahsulot; yog’va proteinga boy kontsentrlangan ozuqa. 100 kg chi- git K.sida o’rtacha 110 ozuqa birligi va 31,9 kg hazm bo’ladigan protein bor (kungaboqar K.sida tegishlicha 108,8 va 37,2). K. tarkibida 4-7% yog’bo’ladi. Aminokislotalar tarkibiga va bio- kimyoviy qimmatiga ko’ra, K. oqsillari don ekinlari oqsillaridan ustunlik qiladi, ularda, shuningdek, kaliy, kal- tsiy va fosfor ko’proq. Lekin karotin ham V guruhiga kiruvchi vitaminlarga boy. Standart K. chet aralashmalardan toza, bir turli, mog’orlamagan bo’ladi. Namligi 12% dan yuqori bo’lmasligi lo- zim (undan ortiq bo’lganda mog’orlaydi va qizib ketadi). Barcha q.h. hayvonlariga quruq yoki namlangan holda boshqa emlar- ga aralashtirib va aralash em tarkibida berish mumkin. Ayrim K. turlari tar- kibida zaharli yoki mahsulot sifatini yomonlashtiradigan moddalar bo’ladi. Paxta chigitida va K.si tarkibidagi gos- sipol mollarni zaharlashi mumkin. K. va shrotlarning proteini q.x. hayvonlarining barcha turlari va par- randalar uchun hayotiy zarur aminokis- lotalar manbaidir, ayniqsa, soya K. si lizinga boy. Chigit K.si sog’in sigirlar va bo’rdoqiga boqilayotgan qoramollarga bir sutkada 2,5—3 kg, buzoqlarga 3-4 oylikdan ko’pi b-n 100 g, otlarga 2 kg gacha, qo’ylarga 200 g, bo’g’oz mollarga 0,5— 1,0 kg beriladi. Ro’zimat Hamroqulov.