Kurtaklanish

Kurtaklanish — vegetative ko’payish xillaridan biri. K.da ova organizmda hosil bo’lgan kurtak— o’simtadan yangi organizm rivojlanadi. K. ayrim xaltachali zamburug’lar, bir qancha bazidiyali zamburug’lar, shuning- dek, gulli o’simliklar va jigarsimon yo’sinlar uchun xos. Hayvonlar orasi- da K. orqali ko’payish g’ovaktanlilar, bo’shliqichlilar, ayrim infuzoriya- lar, halqali chuvalchanglar, mshanklar, qanotjabralilar va qobiqlilar uchun xos. Hayvonlarda K. tashqi va ichki bo’ladi. Tashqi K. parietal (kurtak ova organizm tanasida hosil bo’ladi) va bachki tanali (kurtaklar maxsus bachki — o’simtalarda hosil bo’ladi) xillarga ajratiladi (mas, ayrim bo’shliqichlilar va qobiqlilarda). Ichki K.da yangi in- divid ova organizm tanasining ichida, uning ixtisoslashgan qismi hisobidan hosil bo’ladi. G’ovaktanlilarning gem- mulasi, mshankalarning statoblasti ichki K. orqali paydo bo’ladi. Himoya qobig’iga ega bo’lgan kurtaklar noqulay sharoit (qishki sovuq, qurg’oqchilik)da ova organizm nobud bo’lganida turning saqlanib qolishiga imkon beradi. Bir qancha hayvonlarda K. nihoyasiga etmaydi va yosh organizm ova organizmdan ajra- lib ketmasligi tufayli koloniya hosil bo’ladi. Ova organizmga har xil omillar (mas, kesish, kuydirish) ta’sir ettirib, sun’iy K. paydo qilish mumkin.