KUSHXONA
KUSHXONA (forscha, kush — o’ldirish, so’yish va xona — joy maskan) — uy hayvonlari (qoramol, qo’y, echki va boshqalar) ni so’yib, go’sht va submahsulotlarga dastlabki ishlov beradigan korxona. Mol so’yilganda sanitariya-gigiena qoidalariga to’liq amal qilishni ta’minlaydigan uskunalar bilan jihozlanadi. Aksariyat tuman markazlari, kichik shaharlarda qurilgan.