KUSKOKVIM

KUSKOKVIM, Kuskokium –Alyaska g’arbidagi Daryo. Uzunligi 1300 kilometr, havzasining maydoni 123 ming kilometr kvadrat. Alyaska tizmasi yon bag’irlaridan boshlanadi, ostonalar hosil qilib Kuskokvim tog’larini kesib o’tadi. Bering dengizining Kuskokvim qo’ltig’iga quyiladi. O’rtacha suv sarfi 1840 metr kub/sekund. Deyarli yarim yil muz bilan qoplanadi. Quyilish joyidan 800 kilometr masofada kichik kemalar qatnaydi.