Kuzatish

Kuzatish (psixologiyada) — voqelikdagi narsa va hodisalarni reja- li, uzluksiz, batartib, mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. K. Aristotel zamonidan hoz. davrgacha kuzatuvchilarning asosiy tadqiqot vo- sitalaridan biri sanaladi. U hissiy bilishning omillari, xususiyatlari, qonuniyatlari to’g’risida dastlabki ta- savvurlar hosil qilishga qaratilgan inson faoliyati shaklidir. K.ning qay darajada bo’lishi qo’yilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va voqealar haqida oldindan bilimga ega bo’lishga, kuchli, barqaror diqqat b-n faol fikrlashga va h.k. ga bog’liq. K.da idrok va tafakkur uzviy bog’lanadi. K.da tegishli xulosalar chiqariladi, fakt, voqealar nazariy tahlil etiladi, FA- razlar olg’a suriladi. K.ning ob’ektiv (tashqi K.) va sub’ektiv (ichki, o’zini- o’zi K.) turlari mavjud. K. orqali odam- larning diqqati, his-tuyg’ulari, imo- ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutqi, faoliyati, muomala maromi va b. o’rganiladi. O’zini-o’zi K. (introspek- tsiya)dan foidalangan psixolog o’zining xulqi, muomalasi to’g’risida ilmiy, haqqoniy xulosa chiqara biladi. Vyurs- burg psixologiya maktabi (Germaniya) na- moyandalari K. Byuler (1879— 1922), A. Messer (1867-1937), O. Kyulpe (1862— 1915) psixologik tajribalarni dastav- val o’zini-o’zi K. metodi yordamida o’zlari ustida o’tkazganlar. K. voqelik sodir bo’lishini, atrof muhitni, inson shaxsini muayyan qismlarga, yo’nalishlarga fikran ajra- tish; K.ning ko’lami, xususiyati va o’ziga xosligini aniqyaash; barcha holat, alomat, tashqi ko’rinishning o’ziga xosligini qayd qilish; to’plangan materiallarni matematik statistik hisoblash yo’li b-n amalga oshiriladi. K.ning sistemali, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy, tabiiy, dav- riy (bir martali) ko’rinishlari, shu- ningdek, turli vositalari va shakllari mavjud. K.da R. Beylzaning interaktsiya (o’zaro ta’sir) uslubini (bahs, munozara chog’ida o’zaro ta’sir imkonini aniqlash maqsadida) qo’llash ijobiy natijalar beradi. Ergash G’oziev.