Kvazarlar

Kvazarlar (ing. quasistellar radiosource — kvaziyulduzli radiomanba) — burchak o’lchamlari juda kichik kosmik ob’ektlar. Galaktikamizdan ancha uzoqda joylashgan kuchli nurlanish manbai bo’lib, optik diapazonda xira yulduz- Simon ko’rinishga ega. Ilk bor 1960 y. radionurlanish manbai sifatida to- pilgan va keyinchalik ularni 16t—18t ko’rinma kattalikdagi optik xira yul- duz ekanligi ma’lum bo’lgan. Tez orada K.ning spektral chiziqlari qizilga ke- skin ravishda siljiganligi aniqlandi. Mac, 3C273 eng yorug’kvazar hisoblanib, uning qizilga siljishi 0,158 ga teng, ya’ni bizdan ungacha bo’lgan masofa 630 megoparsek (Galaktikamiz o’lchami 30 kiloparsek). Bugunga qadar 2000 ga yaqin K. topilgan. K. bizdan kosmologik maso- FAda joylashib, Koinot kengayishi ja- rayonida qatnashadigan asosiy ob’ektlar hisoblanadi. Keyingi vaqtda topilgan kvazarning qizilga siljishi 5,0 dan kat- ta bo’lib, u bizdan deyarli nur tezligi b-n uzoqlashib bormoqda. Kvazar elektromag- nit nurlanish spektri bo’yicha sekundiga 1045—1047erg energiya tarqatadi. Afsu- ski, bunday kuchli nurlanish mexanizmi ma’lum emas. Ko’pchilik nazariyotchilar fikricha: 1) bu — protogalaktika gazi- ning markazdagi o’tamassiv qora o’raga akkresiyasi tufayli ajralayotgan ener- giyadir; 2) K. Koinotning uzoq qismida tug’ilayotgan bo’lajak «chaqaloq» galakti- kalarning yadrolari hisoblanadi. Oxir- gi fikr O’zMU Astronomiya kafedrasida protogalaktikalarning nochiziqli mo- dellarini tuzish va ularning gravita- tsion beqarorliklarini topish borasi- da analitik hamda sonli hisob-kitob usullarida ko’rsatib berilgan. Eng uzoq K.ni Maydanak balandtog’rasadxonasi O’zbekiston FA Astronomiya in-ti, o’z MU b-n hamkorlikda gravitasion Lin- zalarni zaryad yig’uvchi matrisalar usuli b-n olib borilayotgan dasturi yordamida kuzatishmokda. Salohiddin Nuritdinov.