KYUVE VAYI

KYUVE VAYI (dustus Cuvieri; J. Kyuve sharafiga) — lantsetnik va umurtqali hayvonlarning qon tomiri. Kyuve vayi oldingi va keyingi kardinal venalarning qo’shilishidan hosil bo’ladi; vena sinusi yoki bevosita yurak bo’lmasiga kelib quyiladi. Faqat to’garak og’izlilar, baliqlar va dumli Amfibiyalarning voyaga etgan davrida saqlanib qoladi. Boshqa hayvonlarning embrioval rivojlanish davrida bo’ladi. Dumsiz amfibiyalar va amniotlarda Kyuve vayidan kovak vena hosil bo’ladi. Ayrim sut emizuvchilar va odamda faqat o’ng Kyuve vayi kovak venaga aylanadi; chap Kyuve vayining proksimal qismi saqlanib qolib, yurak vena sinusini hosil qiladi.