La-plata pasttekisligi

La-plata pasttekisligi -Janubiy Amerikadagi ichki tekisliklarning Sharqiy qismi. Braziliya, Paragvay va Argentina hududida. Paragvay-Parana daryolari sohili bo’ylab kengligi sharqdan-g’arbga 900 kilometr, uzunligi shimoldan janubga 2400 kilometrga cho’zilgan. La-plata pasttekisligi Janubiy Amerika platformasining kontinental jinslar, asosan, kaynozoy cho’kindilari bilan to’lgan sineklizasidir. Shimoliy qismi tropik iqlimli, yozi seryomg’ir; siyrak o’rmon va botqoqliklar bor. Janub qismi subtropik iqlimli, yog’in yil davomida bir me’yorda yog’adi, dasht o’simliklari o’sadi.