Labirint

Labirint (anatomiyada) — ba’zi umurtqali hayvonlar va odamning ichki qulog’i. Havo tebranishlarini tovush sifatida qabul qiladi va gavda vaziyatining o’zgarishlarini sezadi, chakka suyagining piramidasida bo’ladi. Oval va yumaloq darchalari bilan o’rta quloqqa tutashadi. Suyak va parda Labirintga bo’linadi. Parda Labirint ichida endolimfa suyuqligi bor. Suyak Labirint bilan parda Labirint orasidagi kichik kamgak perilimfa bilan to’la. Labirintning dahlizi, chig’anog’i va yarim doira kanallari bor. Eshitish organi (korti organi) chig’anoqda joylashgan, yarim doira kanallar esa muvozanat a’zosidir.