Labrador
Labrador — jins hosil qiluvchi mineral, plagioklazlar (dala shpatlari) guruhiga mansub. Tarkibida 51 dan 70% gacha anortit va 30 dan 50% gacha albit bo’ladi. Triklin singoniyada kristallanadi. Rangsiz, oq, kulrang, ko’pincha, zangori-ko’k tusda tovlanadi. Qattikligi 6; zichligi 2,69 g/sm3. Asosli magmatik tog’ jinslarining muhim tarkibiy qismi. Asosiy qismi Labradordan iborat tog’jinsi labradorit deyiladi. O’zbekistonda bunday jinslar juda ko’p. Ulardan binolarni, metro bekatlari, yodgorliklarni qoplash uchun foydalaniladi. Tarkibida ilmenitning yupqa plastinkachalari mavjudligi hisobiga irizatsiyalashuvi mineral (yoki jins) ning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi.