Lakhnau

Lakhnau — Hindistonning shimoliy qismidagi shahar. Uttar-Pradesh shtatining ma’muriy markazi. Gang daryosi irmog’i — Gumti daryosi sohilida joylashgan. Aholisi 2,2 million kishidan ziyod (2001). Gang vodiysidagi muhim sanoat va savdo markazi. Transport yo’llari tuguni. To’qimachilik (asosan, ip gazlama), metallsozlik, qog’oz, aviasiya, ko’n-poyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat, parfyumeriya sanoati korxonalari bor. Universitet, botanika bog’i, ilmiy tadqiqot institutlari bor. Boburiylar davriga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan. Qadimda Aud knyazligining poytaxti bo’lgan.