Lakkolit

Lakkolit (Yunoncha lakkos — o’rta va litos— tosh) — suyuq magmaning qatlamlar yoki formasiyalar orasiga siqilib kirishidan hosil bo’lgan muvofiq intruziv tana. Ustki qismi qavariq va asosi nisbatan tekis, oziklantiruvchi kanalga ega bo’lib, zamburug’ shaklini eslatadi. Yer po’stida keng tarqalgan, o’lchami 3-6 kilometr. Lakkolitning barcha tafsilotlari (hajmi, kattaligi)ni aniqlash u bilan bog’liq bo’lgan konlarni qidirib topish, zahirasini aniqlash va qazib olishga katta imkon beradi.