Lama

Lama (tibetcha, aynan — eng ulug’) — lamaizm tarqalgan mamlakatlar (Tibet, Mongoliya, Qalmog’iston)da budda monaxi. Lama tushunchasi 8-asrda Tibetda birinchi monastirga asos solingani va monaxlik jamoasi tashkil etilishi bilan paydo bo’ldi. Tibetda avval oliy ilmiy daraja olgan va ustoz bo’lishga haqi bo’lgan monaxlar Lama deb atalgan. Keyinchalik Tibetda va lamaizm tarqalgan boshqa mamlakatlarda monaxlik axdini qabul qilgan har qanday shaxs Lama deb ataladi. Dindorlar Lamani g’ayritabiiy fazilatlarga ega va ilohiy olam bilan gaplasha oladigan shaxs deb biladilar.