Lamaizm

Lamaizm (tibetcha Lama so’zidan) — buddizmning asosiy yo’nalishlaridan biri. 8-asrda Tibetda paydo bo’lgan. Tibet, Ichki Mongoliya (Xitoy)ning alohida joylarida va Mongoliyada hamda Nepal va Hindistonning ayrim yerlarida, Buryatiya, Qalmog’iston va Tuvada tarqalgan. Lamaizm buddizmning barcha aqidalarini qabul qilgan. Lamaizm ta’limotiga ko’ra, inson faqat lamalar yordamida najot topadi (gunohlardan poklanadi). Lamaizmda Lamalarga va mahalliy hokimlarga so’zsiz bo’ysunish asosiy fazilat hisoblanadi. Lamaizmning an’anaviy, qonunlashgan asosiy muqaddas kitoblari — Kanjur (108 jildli) va Tanjur (225 jildli)da bayon etilgan. Lamaizm bir qancha mayda oqimlarga bo’linib ketgan.