Lanchjou, Gaolan

Lanchjou, Gaolan — Xitoyning shimoliy-g’arbiy qismidagi shahar. Xuan-Xe daryosining o’rta oqimida. Gan-Su provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 2,84 million kishi (1998). Transport yo’llarining muhim tuguni. Xitoyning yirik sanoat markazlaridan. Yetakchi sanoat tarmoqlari — neft kimyosi va neftni qayta ishlash hamda mashinasozlik. Boyitilgan uran, sun’iy kauchuk, elektr priborlari, jun gazlama ishlab chiqariladi. Tsement, oyna-shisha, ko’n-teri, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Shimoliy-G’arbiy universitet, Xitoy Fanlar Akademiyasi filiali bor. Shahar yaqinida yirik GES qurilgan.