Lapkin Kuzma Ivanovich
Lapkin Kuzma Ivanovich (1904.31.10, hozirgi Ukraina, Xerson viloyati Genichesk shahri — 1989.19.7, Toshkent) — iqtisodchi olim, O’zbekistan Fanlar Akademiyasi akademik (1979), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964), professor (1968). O’rta Osiyo universitetining iqtisodiyot fakultetini tugatgan (1930. 1930-37 yillarda O’rta Osiyo davlat plan komiteti (Sredazgo-splan) iqtisodiy tadkiqotlar institutida ilmiy xodim, planlashtirish iniversitetida o’qituvchi. 1937-54 yillarda qatag’onga uchragan. O’zbekiston chorvachilik instituti (1954— 57), O’rta Osiyo qishloq xo’jalik iqtisodiyoti instituti (1957-72) da bo’lim mudiri. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi ishlab chiqaruvchi kuchlarni o’rganish kengashida sektor mudiri, rais o’rinbosari (1972-79), Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti (1981-87), akademiya Prezidenti maslahatchisi (1987 yildan). Ilmiy ishlari qishloq xo’jaligini rejalashtirish va boshqarish, qishloq xo’jaligini ixtisoslashtirishning nazariy asoslari, qishloq xo’jaligini rivojlantirishning istiqbollarini prognozlash masalalariga bag’ishlangan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1975). As: Teoreticheskie Osnovi razmetsheniya i spesializasiya selskogo xozyaystva, T., 1964.