Laut Rozalinda Berngardovna

Laut Rozalinda Berngardovna (1925. 24.11, Odessa viloyati) — opera xonandasi (lirik-dramatik soprano) va pedagog. O’zbekiston xalq artisti (1973). Diapazoni keng, kuchli va jozibador ovoz sohibasi. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1961). Hamza nomidagi musiqa bilim yurtida jo’rnavoz (1956— 64), Navoiy teatrida yakkaxon xonanda (1961— 83). 1979-90 yillari Toshkent konservatoriyasida dotsent. Opera sahnasida Sanobar (M. Ashrafiy, «shoir qalbi»), Floriya Toska (J. Puchchini, «Floriya Toska»), Nedda (R. Leonkavallo, «Masxarabozlar»), Margarita (Sh. Guno, «Faust»), Tatyana, Liza (P. Chaykovskiy, «Evgeniy Onegin», «Qarg’a motkasi»), Leonora, Aida, Elizaveta (J. Verdi, «Trubadur», «Aida», «don Karlos») kabi partiyalarni ijro etgan. Kontsert repertuaridan Yevropa va ayrim O’zbekiston kompozitorlarining kamer musiqa asarlari o’rin olgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).