Lava

Lava (ruscha), lahim (konchilikda) — foydali qazilma qatlami yoppasiga qaziladigan joy (zaboy), yer osti yo’li; kon yo’laklarining o’ziga xos ko’rinishi. Lava tushunchasi birinchi marta Donesk ko’mir havzasining shaxtalarida qo’llanilgan. Konning geologik tuzilishi va foydali kazilmani qazish usuliga qarab, Lava 25-350 metr va undan ham uzun bo’ladi. Lavalardan foydali qazilmalarni qazish, ortish va tashish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan.