Lavandak qabristoni

Lavandak qabristoni — qadimgi qabriston (miloddan avvalgi 2-asrning 2-yarmi — milodiy 1-asr). Buxoro viloyatining Lavandak qishlog’i yaqinidan topilgani uchun nomi shundan. 130 mozorqo’rg’on bor. Mozorqo’rg’onlar O’rta Osiyoning shimoldagi dashtdan kelgan sarmatlarta mansub. Tuzilishi 2 xil: zinapoya bilan tushiladigan lahad va yon tomondan ungursimon qilib kavlangan qabr. Lavandak qabristonida mayyitlar chalqanchasiga, boshi Janubga qaratilgan holda bukchaytirib, tizzalari kerib ko’milgan; juft-juft ko’milganlar ham uchraydi. Lavandak qabristonidan yog’och qinli dudama qilich, yarim oy tamg’ali va tamg’asiz dudama xanjar, uch parrakli temir paykonlar va o’roqsimon pichoqlar topilgan. Qabrdan hayvon suyagi, ko’zacha, kosa, qadah, oltin rangli shisha munchoq va yarqiroq toshlar, zirak, ayol yuzi tasvirlangan oltin qoplama, jezoyna, uzuk, kiyim parchalari chiqqan.