Lavochkin Semyon Alekseyevich

Lavochkin Semyon Alekseyevich [1900. 29.8(11.9), Smolensk — 1960.9.4, Moskva] — rus aviakonstruktori, muhandis-texnik xizmati general-mayori (1944), ikki marta mehnat qahramoni (1943, 1956). Moskvadagi Oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1927). Samolyotsozlik bo’yicha bosh konstruktor (1935 yildan). Uning rahbarligida LAGG-3 (1940), La-5 (1942), La-7 (1944) qiruvchi samolyotlar yaratildi. Keyinchalik Lavochkin tovushdan tez uchadigan La-190 va istalgan ob-havo sharoitida uchadigan La-200 reaktiv qiruvchi samolyotlarini yaratdi.