Lavsan

Lavsan — polietilentereftalatdan olinadigan sintetik tola. Zichligi 1380 kg/m3, — 60° gacha elastik, pishik, namni kam yutadi, issiqqa yaxshi chidaydi. Lavsandan gazlama, elektr izolyatsion materiallar, filtrlar, tasma, baliq ovlash to’ri va boshqalar tayyorlanadi. Polshada elana, Angliyada terilen, AQShda dakron, Yaponiyada tetoron, Germaniyada diolen va Frantsiyada tergal deb ataladi.