Le Ivan
Le Ivan (taxallusi, asl ismi — Ivan Leontevich Moysya; 1895.9.3, Cherkass viloyati — 1948.9.10, Kiyev) — ukrain yozuvchisi. «Yuxim Kudrya» (1927), «Hayot o’yini» (1928) qissa va hikoyalari, «Tog’oraliqlari» (2 qism, 1929 — 34) roman-epopeyasi o’zbek xalqining qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirishda chekkan zahmatlari, oktyabr to’ntarishidan keyingi og’ir yillar haqida. «Integral» (1931) qissasi Donbass metallurglari hayotiga bag’ishlangan. «Quvonch tarixi» romani, «Muqaddas tog’lar» (1938), «xatlarim» (1945) hikoyalar to’plamlari, «Janubi — G’arb» (hamkorlikda, 1950) romani, «Jar yoqasida» (1958), «zarang bargi» (1960) kabi asarlarida 2-jahon urushi yillarida xalq boshiga tushgan og’ir fojialar, janggohdagi kurash manzaralari aks ettirilgan. Tarixiy mavzudagi «Nalivayko» (1956), «xmelniskiy» (1965) romanlarida ukrain xalqining o’tmishi, erk uchun kurashi tasvirlangan. Asarlari ko’plab tillarga, xususan, «tog’ oraliqlari» romani o’zbek tiliga tarjima qilingan (1964).