Lents qoidasi, Lents qonun

Lents qoidasi, Lents qonuni— har qanday o’tkazgichdan yasalgan berk konturda u o’rab turgan sirt orqali o’tayotgan magnit induktsiya oqimining o’zgarishi tufayli vujudga keladigan induktsion tok yo’nalishini aniqlaydigan qoida. 1833 yilda E.X.Lents ta’riflagan. Lents qoidasiga muvofiq, berk konturda hosil bo’luvchi induktsion tok o’zining magnit maydoni bilan uni hosil qiluvchi magnit maydon oqimining o’zgarishiga qarshilik ko’rsatadi.