Leopold III

Leopold III (1901-83) — Belgiya qiroli (1934-51). Saksenkoburglar sulolasidan. 1940 yil 28 mayda Belgiyani fashistlar Germaniyasiga so’zsiz taslim bo’lganligi to’g’risidagi hujjatga imzo chekkan va o’z ixtiyori bilan o’zini harbiy asir deb e’lon qilgan (1944 yilda mamlakatdan chiqarib yuborilgan). L.Sh.ning mamlakatga qaytib kelishi, umumiy norozilik hamda ish tashlashlarga sabab bo’lgan (1950 yil 29— 30 iyul). Leopold III o’g’li Boduen I foydasiga taxtdan voz kechgan.