Lepidodendron
Lepidodendron (Yunoncha lepis — tangacha, qipiq va dendron — daraxt) — Lepidodendrondoshlar oilasiga mansub, urug’i qurib ketgan plaunsimonlar turkumi. Bo’yi 20-30 metr, tanasining pastki qismi diametri 2 metrga yaqin, yuqori qismi dixotomik shoxlangan, tanasi qipiqsimon po’stloq bilan qoplangan. Lepidodendronning po’stlog’i hozirgi o’simliklar singari ko’chib tushmasdan qalinlashib boradi. Lepidodendron toshko’mir va Perm davrida tropik mintaqada keng tarqalgan. Lepidodendron qoldiqlari toshko’mir qatlamlarining muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi.