Levkon I

Levkon I (Leukon) — arxont, Bospor davlati podshosi (miloddan avvalgi 389/388— 349/348). Uning davrida keng bosqinchilik yurishlari amalga oshirilgan. Bospor davlatiga Feodosiya (taxminan miloddan avvalgi 380), Sharqiy Qrim, Kuban bo’ylarida yashovchi qabilalar (sindlar, toretlar va boshqalar) qo’shib olingan. Keng hosildor erlarning bosib olinishi, bospor g’allasining (ayniqsa, Afinaga) eksport qilinishini rivojlantirgan; bu Bosporning iqtisodi va madaniyatining rivojlanishiga yaxshi ta’sir qilgan. Levkon I davrida Pantikapey shahrida 1-marta oltin tangalar zarb qilish boshlangan (taxminan miloddan avvalgi 375).