Lezginlar

Lezginlar (o’zlarini lezgiyar deb atashadi) — xalq. Dog’istonda (204 ming kishi), Ozarbayjonda (171 ming kishi), Rossiya Federatsiyasida (260 ming kishi), Qozog’istonda (14 ming kishi), Turkmanistonda (10 ming kishi) yashaydi. Umumiy soni taxminan 470 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Dog’istonning tog’lik aholisini adabiyotlarda 19-asr va 20-asr boshlarida Lezginlar deb atashgan lezgin tilida so’zlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar, shialar ham bor. Lezginlar, asosan, dehqonchilik, bog’dorchilik, chorvachilik, hunarmandlik (gilam to’qish, yog’och, temir va charmga ishlov berish) va kulollik bilan shug’ullanadi.