Li

Li (o’zlarini lay deb atashadi) — Xitoydagi xalq. Xaynan orolining tub joy aholisi (860 ming kishi, 1990-yillar o’rtalari). Li tilida so’zlashadi. An’anaviy dinlarga sig’inish saqlangan. Ayollarining yuzi, qo’li va oyog’idagi tatuirovkasi, kiyim va taqinchoqlari bilan farq qiluvchi 5 asosiy etnografik guruhga bo’linadi. Dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, ovchilik bilan shug’ullanadi.