Libido
Libido (lotincha libido — mayl, istak, ehtiros) — seksologiyada jinsiy mayl. Z. Freyd psixologik tahlilining asosiy tushunchalaridan biri, ko’proq g’ayrishuuriy jinsiy maylni, umuman sevgi, istakni anglatadi. Bunday mayl murakkab psixik o’zgarishlarga olib kelishga qodir. Libido tushunchasi tibbiy, falsafiy va psixologik adabiyotlarda 19-asrning 2-yarmida M. Benediktning «Elektroterapiya» (1868), A. Mollning «Shahvoniy libidoni tadqiq qilish» (1898) va boshqa asarlarda jinsiy istak yoki jinsiy instinktni ifodalash uchun qo’llanilgan. 20-asr boshida bu atama keng tarqaldi. U ongsizlikning psixologik taxlil nazariyasida atroflicha tavsiflab berilgan. Individning ongsizlikdagi ruhiy quvvati batamom sirli ko’rinishga ega bo’lib, u Libidoda mujassamlashadi. Individning barcha jinsiy xatti-harakatlarining namoyon bo’lishi Libido orqali tushuntiriladi. Xuddi shu bois Libido inson xulqining ustuvor motivi sifatida baholanadi. Hatto shaxs ijodiyotini uning Libido quvvati natijasi deb izohlanadi. Libidoning muayyan qismi muhabbat va do’stlikka asoslangan juftlikka yo’naltiriladi, qolganlari esa shaxsning o’ziga qaratilishi bilan tavsiflanadi. Ergash G’oziyev.