Lids

Lids — Buyuk Britaniyadagi shahar, Angliyada. Yer daryosi sohilida. Uest-Yorkshir grafligining ma’muriy markazi. Aholisi 724 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l va avtomobil yo’llarining yirik tuguni, kanal orqali Liverpul porti bilan bog’langan. Mamlakatning muhim sanoat markazlaridan. Mashinasozlik va tikuvchilik yetakchi sanoat tarmoqlari. Metallsozlik, jun, poligrafiya, mebel, kimyo, parfyumeriya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet, shahar muzeyi, kartinalar galereyasi va boshqalar bor. Shahar ilk bor qo’lyozmalarda 7-asrda tilga olingan.