Liepaya

Liepaya (1917 yilgacha rasmiy nomi Libava) — Latviyadagi shahar (1625 yildan). Boltiq dengizidagi muzlamaydigan port. Temir yo’l tuguni. Aholisi 89,4 ming kishi (2000). Baliq ovlash floti bazasi. Metallurgiya, mashinasozlik, oziq- ovqat, yengil, yog’ochsozlik sanoati korxonalari bor. Pedagogika instituti, 2 teatr, tarix va badiiy muzeylar mavjud. Dengiz bo’yi balneo-balchiq va iqlim kurorti. Liepaya qo’lyozmalarda 1253 yildan tilga olingan.