Lignit

Lignit (lotincha lignum yog’och — daraxt) — yonuvchi foydali qazilma. Qo’ng’ir ko’mir qatlamlarida daraxt to’qimasi tuzilishini o’zida saqlagan kam ko’mirlashgan yog’och (asosan, ignabargli daraxtlar). AQSh va ba’zi bir Yevropa mamlakatlarida kam ko’mirlangan qo’ng’ir ko’mir Lignit deb yuritiladi. Ukrainada Dnepr qo’ng’ir ko’mir havzasi va zakarpate qo’ng’ir ko’mir rayonida Lignit bor. Kimyo sanoati xom ashyosi va yoqilg’i.