Likvatsiya

Likvatsiya (lotincha liquatio — suyuqlanish, erish) — temperatura pasayganda bir jinsli suyuq magmaning bir-biriga aralashmaydigan turlicha tarkibli ikki eritmaga ajralish jarayoni. Ushbu xamirga o’xshash suyuq magmaning kristallanishi natijasida tarkibi bo’yicha har xil mineral agregatlar (tog’ jinslari va rudalar) hosil bo’ladi, masalan, asosiy magmadan sulfidli eritma ajralishi Likvatsiya natijasidir. Ayrim olimlar (Levinson-Lessing, Deli, Niggli va boshqlar) Likvatsiyani magmaning kristallanishigacha bo’lgan differentsiatsiyasining asosiy usullaridan biri deb hisoblaydilar, boshqalar (Belyankin, Greyg, Fogt va boshqalar) eksperimental ma’lumotlarga asoslanib likvatsiyali konlarni hosil bo’lishiga olib keladigan bu jarayon faqat sulfide silikatli erigan qorishmalardagina bo’lishi mumkin deb fikr yuritadilar. Silikatlar (ayniqsa, uchuvchi komponentlar — bor, suv, ftorga boy silikatlar)dagi Likvatsiya hodisasini Amerikalik (O.F.Tatl, J.Fridman) va rus geologlari (D.P.Grigorev, O.A.Esin, Ya.I.Olshanskiy va boshqalar) tajribada aniqlashgan. O’zbekistondagi ko’pchilik tog’ jinslari va foydali qazilma konlari Likvatsiya natijasida paydo bo’lganligi aniqlangan. Amerikalik olim E. Rodderning (1969) fikricha, Gavayi orolidagi bazaltlar va oydagi vulkan jinslarining paydo bo’lishida Likvatsiya muhim rol o’ynagan.