Lill

Lill — Frantsiyaning shimoliy qismidagi shahar. Nor departamentining ma’muriy markazi. Dyol daryosi sohilida joylashgan. Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni, Daryo porti. Aholisi 191 ming kishi (1999). Shimoliy sanoat rayonining markazi. To’qimachilik sanoati rivojlangan. Og’ir mashinasozlik, kimyo (mineral o’gitlar, bo’yoq, kislotalar, sun’iy tola ishlab chiqarish), oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1530), musiqa akademiyasi, metropoliten bor. 15-17-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan. Shaharga 11-asrda asos solingan.